Bog‘lanish: +998 77 014 11 20 Telegram

115K+ kuzatuvchi
Ro‘yxatdan o‘tish

Yakkabog‘ tumani · G‘urjob, Qo‘shchinor, Alako‘ylak

Intizom bor joyda — natija bor

Maktab o‘quvchilari va abituriyentlar uchun 7 ta fandan chuqurlashtirilgan darslar. Prezident maktablari, olimpiada, milliy sertifikat va OTMga tayyorlov.

  • 26ta A va A+ milliy sertifikat
  • 15ta B2 ingliz tilidan
  • 6/6tuman olimpiadasida sovrinli o‘rin
  • 169.2eng yuqori kirish bali (OTM, 2025)
Milliy sertifikat olgan «Adxam Repetitor» o‘quvchilari sertifikatlarini ko‘tarib turibdi
Sertifikat olgan o‘quvchilarimiz, 2026-yil aprel

Nega ota-onalar bizni tanlaydi

Biz o‘quvchini shunchaki vaqt o‘tkazish uchun emas, natija uchun qabul qilamiz.

Saralangan guruhlar

O‘quvchilar faqat suhbat va sinov asosida qabul qilinadi. Bir guruhda — bir xil darajadagi, maqsadli o‘quvchilar.

24/7 video-nazorat

Har bir darsxona kamera va intizom operatori nazoratida. Qoidabuzarlik holati videosi bilan ota-onaga yuboriladi.

Shaffof imtihonlar

Har oy oraliq va yakuniy imtihonlar kamera nazoratida o‘tadi. Ko‘chirishga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi.

Kuchli ustozlar

Qashqadaryoda Tarixdan 90+ ball olgan yagona mutaxassis — bizning jamoada. Har bir fanga alohida ustoz.

Ustozlar bilan tanishish

Ertalabki guruhlar

Maktabda 2-smenada o‘qiydiganlar uchun darslar 08:30–12:30 oralig‘ida.

Darsliklar optom narxda

Barcha kitoblar markazning o‘zida, ulgurji narxda — markaz bundan foyda olmaydi. Bozor izlab sarson bo‘lish shart emas.

Qayerga tayyorlaymiz

Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar, olimpiada, milliy sertifikat va OTM — har biriga alohida dastur.

  • Matematika
  • Fizika
  • Kimyo
  • Biologiya
  • Ingliz tili
  • Ona tili va adabiyot
  • Tarix
Milliy sertifikatMatematika, fizika, ingliz tili26 ta A/A+ · 15 ta B2
Fan olimpiadalariTuman va viloyat bosqichlariTumanda 6/6 sovrinli o‘rin
OTMga tayyorlovAbituriyentlar uchun2025: 43 abituriyent
Ulashova Madina · Matematika A+
Prezident maktablariMatematika va ingliz tili
Al-Xorazmiy maktabiIT va matematika
Mirzo Ulug‘bek va BeruniyIxtisoslashtirilgan maktablar

*Har bir yo‘nalish bo‘yicha guruhlar suhbat va sinov asosida shakllantiriladi.

O‘quvchilarimiz natijalari

O‘quv yili bo‘yicha sertifikatlar, olimpiadalar va oliy ta’limga qabul.

Oliy ta’limga qabul · 2025

Qaysi oliygohga, qaysi yo‘nalishga, grant yoki kontrakt. Oliygoh nomini bosing — talabalar ro‘yxati ochiladi.

Markaz asoschisi

Adxam Nosirov

«Adxam Repetitor» o‘quv markazi asoschisi, matematika ustozi

«Biz miqdor emas, sifat va natija ortidan quvamiz. O‘quv markazi shunchaki vaqt o‘tkaziladigan joy emas — kelajak yetakchilari tarbiyalanadigan maskan.»
  • 2017–2021O‘zMU, fizika — davlat granti asosida
  • 10+Toshkentdagi o‘quv markazlarida dars bergan
  • 2021«Adxam Repetitor»ga asos solgan
adxam.repetitor 45 post 115K obunachi 2 obuna ADXAM REPETITOR | 100% NATIJAMaqsad: eng nufuzli OTMlar!

Ustozlarimiz

Har bir fan bo‘yicha o‘z ishining ustasi bo‘lgan mutaxassislar.

Qabul qanday o‘tadi

  1. 1

    Ariza

    Sayt, telefon yoki Telegram orqali ariza qoldirasiz.

  2. 2

    Suhbat va sinov

    O‘quvchining bilim darajasi va maqsadi aniqlanadi.

  3. 3

    Guruhga joylashtirish

    Darajaga mos guruh, qulay filial va vaqt tanlanadi.

  4. 4

    Oylik nazorat

    Har oy oraliq va yakuniy imtihonlar — kamera nazoratida.

Filiallarimiz

Yakkabog‘ tumanida 3 ta filial — o‘zingizga yaqinini tanlang.

Ko‘p beriladigan savollar

O‘quvchilar qanday qabul qilinadi?

Faqat suhbat va sinov asosida. Maqsadsiz, shunchaki vaqt o‘tkazish uchun kelgan o‘quvchilar guruhlarga olinmaydi.

Qaysi sinf o‘quvchilari o‘qiy oladi?

Asosan 3–9-sinf o‘quvchilari, abituriyentlar uchun esa milliy sertifikat va OTMga tayyorlov guruhlari. Alako‘ylak filialida — 3–7-sinf o‘quvchilari uchun guruhlar.

Farzandim maktabda 2-smenada o‘qiydi. Vaqt mos keladimi?

Ha. Ertalabki guruhlar bor: Alako‘ylak filialida 08:30–12:30, G‘urjob filiali B-blokida 09:00 dan.

Natija uchun mukofot bormi?

Ha. Milliy sertifikat imtihonida A+ darajasini olgan o‘quvchiga 800 000 so‘m, A darajasini olganga 500 000 so‘m pul mukofoti beriladi.

Intizom qanday nazorat qilinadi?

Markaz hududi va darsxonalar 24/7 kamera nazoratida, intizom operatori darslarni jonli kuzatadi. Qoida buzilsa — dalolatnoma tuziladi va ota-ona videodalillar bilan markazga taklif qilinadi. Holat takrorlansa, o‘quvchi markazdan chetlashtiriladi.

Darsliklarni qayerdan olamiz?

Markazning o‘zida — G‘urjob filiali, B-blok, 8-xona. Kitoblar ulgurji narxda tarqatiladi, markaz bundan foyda olmaydi. Kerakli kitob tugagan bo‘lsa, yozdirib qo‘yasiz — qisqa muddatda olib kelinadi.

To‘lov qancha va qanday?

To‘lov miqdori va tartibi bo‘yicha qabul bo‘limiga murojaat qiling: +998 77 014 11 20.

+998 77 014 11 20